Birjaga birinchi qadamingiz
Aksiya bozori qanday ishlashidan tortib, kompaniyalarni tahlil qilish va xavfni boshqarishgacha — sinovdan o'tgan bilim orqali.

Mahorat taxmin bilan emas, bilim bilan quriladi.
Bu yerda siz bozorni mustaqil va chuqur tahlil qilishni, fundamental va texnik tahlil farqini hamda aksiya bozorida savdo qilishni qanday boshlash mumkinligini o'rganasiz. Har bir bo'lim oxirida yakuniy testdan kamida 70% natija bilan o'tsangiz, keyingi mavzular ochiladi va kurs oxirida sertifikatga ega bo'lasiz.
Bu yerdagi barcha mavzular faqat ta'lim maqsadida taqdim etiladi. Ushbu kurs sizni biror aksiyani sotib olish yoki sotishga, yoxud biror aktivga sarmoya kiritishga undamaydi — bu investitsiya maslahati emas.
Kursni tamomlagandan so'ng
Bozorni tushunadigan
NYSE, NASDAQ, IPO, SPREAD kabi so'zlar sizga harflar to'plamidek ko'rinadi.
Birja nima, aksiyalar nega sotib olinadi, ulardan qanday daromad olish mumkinligini va butun tizim qanday ishlashini tushunib yetasiz.
Tahlil qila oladigan
Aksiya hisoboti va grafiklar sizga tushunarsiz jumboqdek ko'rinadi.
Fundamental va texnik tahlil asosida kompaniya ko'rsatkichlarini mustaqil o'qiy olasiz.
Riskni boshqaradigan
Qayerga qancha va nima sababdan sarmoya kiritish kerakligini 'tavakkal' asosida hal qilasiz.
Pozitsiya hajmini to'g'ri belgilay olasiz, kapitalingizni himoya qilishni bilasiz va sarmoyangizni oqilona yo'naltira olasiz.
Nimalarni o'rganasiz
Qachon tugatasiz?
Sertifikat

Sizning ismingiz
Sertifikatni olish uchun yana 100% qoldi
Barcha 7 bo'limni yakuniy testlardan o'tib tugatganingizda sertifikat ochiladi.
Kursning barcha 7 bo'limini yakuniy testlardan muvaffaqiyatli o'tib tugatganingizda, ismingizga maxsus ID bilan rasmiy sertifikat beriladi. Sertifikat sizning Amerika aksiya bozorini mustaqil tahlil qila olish darajasiga yetganingizdan dalolat beradi. Uning haqiqiyligini sertifikat sahifasida istalgan vaqt tekshirish mumkin.
Hoziroq boshlash